Янгиликлар

2025-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha Xirurgik kasalliklari fan yo‘nalishi Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklari Kafedra Tanlovi bo’lib o’tdi!

Toshkent tibbiyot akademiyasida (keyingi o‘rinlarda-TTA) Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlovning (keyingi o‘rinlarda-Tanlov) xirurgik kasalliklari fan yo‘nalishi bo‘yicha Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklari kafedrasida Tanlov 2025-yil 25-fevral kuni 1-son shaxa klinik shifoxonasi bazasida joylashgan Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklari kafedrasining ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tdi. Tanlov soat 14:00da boshlandi. Tanlov komissiyasi raisi Teshaev Oktyabr Ruxullaevichning kirish so‘zi bilan bo‘shlandi. Tanlovda jami 8 nafar talabalar ishtirok etdi. Har bir ma‘ruzadan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtirilib, sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalarni Tanlov komissiyasi raisi Teshaev Oktyabr Ruxullaevich tomonidan e’lon qilindi. Shuningdek har bir qilingan ma‘ruza yoqori baholandi va talabalarga bu ilmiy yo’nalishdagi birinchi qadamlar ekanligi alohida etirof etildi.

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.